Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududda pillachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Tashrif davomida hududdagi pillachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati, ipak qurti parvarishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohaga ajratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, pillachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan pillachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglandi. Ayrim mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3