Новости

Kengash_faoliyati

Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 4-bandi “Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar” yuzasidan "Saroy" mahallasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🤔 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-“Saroy” saylov okrugidan deputat O.Allaberdiyev va tuman kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar “Saroy” mahallasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🤔 Aholiga qulay sharoit yaratish, fuqarolarning turmush darajasini oshirish maqsadida "Saroy" mahallasidagi “Rabotak” ko‘chasidagi 3100 metr ichki yo‘lini asfaltlash ishlari davom etmoqda. Ushbu ishlar yakunlangach, hudud aholisi uchun transport qatnovi yanada qulaylashib, mahalla infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanadi.

🤔 Shuningdek o‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 7