Новости

Kotibiyat tomonidan "Polvonlar yurti" mahallasidagi nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining qo‘llanilish holati o'rganildi

🫥 17-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat O.Maxmudov hududidagi nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining amaldagi qo‘llanilish holati va manzilliligi ko‘zdan kechirildi.

🫥 O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Abdullayev Suyunning yashash sharoiti va uning uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🫥 Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro xonadonida bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan me’yorlarga muvofiqligi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🫥 Muloqotlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🫥 Yakunda fuqarolardan mahalladagi ichki yo'llarni toshlash va asfaltlashga doir kelib tushgan murojaatlarni hal qilish maqsadida deputatlik nazorati o'rnatilib, muammolar bo'yicha mas'ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilab olindi.

🫥Bu kabi amaliy tadbirlar mahallabay ishlash tizimi orqali aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlash va deputatlik nazoratini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7