Новости

Doimiy komissiya yig‘ilishi: Saylov jarayonlari va budjet masalalari tahlili

🔴 Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan “25-Porloq yulduzi” saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔴Yig‘ilishda yoshlar maslahat guruhi a'zosi hamda ekspertlar guruhi a'zolari ishtiriok etib, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Xamrayevning uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash hamda saylov xarajatlari smetasini belgilash bo‘yicha hisoboti tinglandi.

🔴Shuningdek, deputatlar tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 24-apreldagi tegishli qaroriga qo‘shimcha kiritish va mablag‘larning maqsadli taqsimlanishi yuzasidan tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi.

🔴Yakunda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 6