📖 Kitob — bilim manbai, deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Raxmanova 16-umumta’lim maktabining kutubxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat kitob mutolaasi bilan band bo‘lgan o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qurdi.
💬 Uchrashuv davomida:
🔹 Yoshlarning intilishlari va kelajakdagi maqsadlari;
🔹 Maktab kutubxonasidagi sharoitlar haqida so‘z bordi.
Deputat o‘quvchilarga o‘zining hayotiy tajribalaridan so‘zlab berib, ularni ilm cho‘qqilarini zabt etishga chorladi.
Bilimli yoshlar — yurtimizning mustahkam tayanchidir!