Новости

Sizlarni qutlug‘ sana — 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi samimiy muborakbod etadi!

Sizlarni qutlug‘ sana — 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi samimiy muborakbod etadi!

Inson salomatligini asrash, bemorlar dardiga darmon bo‘lish dunyodagi eng olijanob va mas’uliyatli kasblardan biridir. Bu sharafli yo‘lda sizlarning o‘rningiz beqiyos. Sizning tunu kun qilayotgan zahmatli mehnatingiz, bemorlarga ko‘rsatayotgan cheksiz mehringiz va shirin so‘zingiz xalqimiz salomatligini ta’minlashda muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qadrli soha xodimlari!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatingizda zafarlar tilaymiz. Shifobaxsh qo‘llaringiz doimo yengil, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa shukonalik hissi hech qachon arimasin.

Sizlarning olijanob mehnatingiz hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar hamshiralar!