Новости

Sayyor qabul o‘tkazildi

 Sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isakov hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan 3-Yangi qurilish saylov okrugi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur qabul fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

📝 Qabul davomida mahallaning “yettillik” xodimlari, mahalla faollari, fuqarolar, tashkilot rahbarlari, Kengash kotibiyati xodimlari hamda deputat Z.Sapayev ishtirok etdilar. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar va yo‘nalishlar berildi.

✅ Murojaatlarni o‘rganish jarayonida bir qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

📊 Sayyor qabul davomida fuqarolar muammolarini tizimli hal etish, ularni ortiqcha murojaatlarsiz tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8