Новости

Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.

Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida obyektning bugungi holati, qurilish ishlari sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiq olib borilayotganligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

📄 Ma’lum qilinishicha, mazkur obyekt bo‘yicha tender savdolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qaroriga muvofiq elektron davlat xaridlari portali orqali o‘tkazilgan. Tender savdolarida jami 7 ta pudrat tashkiloti ishtirok etgan bo‘lib, belgilangan tartibga asosan 2 ta tashkilot qarzdorlik mavjudligi sababli chetlashtirilgan.

🏢 Tender yakunlariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan “ZIYO NUR MEGA STROY” MCHJ g‘olib deb topilgan hamda ushbu tashkilot bilan 4 920 959 571,80 so‘m (QQS bilan) miqdorida pudrat shartnomasi tuzilgan. Qurilish ishlarini 150 kun muddatda yakunlash belgilangan.

📌 Shuningdek, tender natijalariga ko‘ra “YANGIQO‘RG‘ON QURILISH MONTAJ” MCHJ zaxira g‘olibi sifatida belgilangan.

✅ O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajarish, loyiha talablariga qat’iy rioya qilish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

📊 Mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlari shahar Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 9