Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
💳 📊 O‘rganish jarayonida shoxobchalardagi texnik va tashkiliy holat, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi hamda zamonaviy to‘lov tizimlarining joriy etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
✔️ Xususan, plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari batafsil tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Kuni kecha barcha shoxobchalarda naqdsiz hisob-kitob tizimi to‘liq joriy etilib, uzluksiz ishlashi ta’minlandi.
▶️ Endilikda to‘lovlar zamonaviy bank kartalari orqali tezkor, xavfsiz va qulay tarzda amalga oshiriladi.
📈Bu esa aholiga ortiqcha vaqt sarflamasdan, shaffof va ishonchli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
📍 Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, mijozlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur chora-tadbirlar aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.