Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Komil Abdaliyevlar tumanidagi 49- va 53-umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirishdi.
Tashrif davomida maktablarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holati, ish sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan me’yor va muddatlarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ularni tez fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur rekonstruksiya ishlari o‘quvchilarga qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.