35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR DAFTARI YURITILDI

 AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR DAFTARI YURITILDI

🚨 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 24-Temir Darvoza saylov okrugidan saylangan deputat Bobomurodov Faxriddin Qurbonmurodovich tomonidan o‘z saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🚨 Uchrashuvda Temir Darvoza mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va masalalari o‘rganildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar bevosita joyida tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🚨 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etilib, har bir masala bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ijrosini nazoratga olish vazifalari belgilab olindi.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash va ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2