35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Tahlil davomida ushbu davr mobaynida 112 ta Kengash qarori imzolanganligi, 87 ta deputatlik so‘rovi yuborilganligi aniqlandi. Shuningdek, Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, deputatlik so‘rovlarining natijadorligini oshirish hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat tomonidan hujjatlarni yuritish, qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va doimiy komissiyalar ishini tashkil etish holati ham tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini yanada mustahkamlash, deputatlik so‘rovlarining samaradorligini oshirish hamda Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.