TOMORQA XO‘JALIGI
TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI NAZORATDA
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Rayhon Matyaqubova
Itifoq mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi
O‘RQ-681-sonli «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada tomorqa yer maydonlaridan samarali va oqilona
foydalanish, aholi xonadonlarida dehqon xo‘jaligini rivojlantirish hamda mavjud
imkoniyatlardan unumli foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy
maqsad — qonun talablarining joylarda amaliy ijrosini ta’minlash, aholining
daromad manbalarini kengaytirish va tomorqalardan samarali foydalanish orqali
oilalar farovonligini oshirishdan iborat.