Sessiyada “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yil 2-mavsumi uchun 16 milliard 242 million 452 ming soʻm mablagʻ shakllantirilgani maʼlum qilindi. 4 149 ta ovoz toʻplagan tashabbuslardan birini gʻoliblar qatoriga qoʻshish uchun 236 million soʻm ajratish taklif etildi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim va mahalla rivojiga oid masalalar koʻrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.