O‘rganish davomida deputat maktabning mavsumga shaylik holatini ko‘zdan kechirdi:
Ko‘mir mahsuloti va saqlanishi:
Maktab ehtiyoji uchun yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotining sifati, belgilangan hajmga mosligi va uni omborxonada to‘g‘ri saqlash sharoitlari ko‘rib chiqildi;
Isitish tizimi va qozonxona:
Maktab qozonxonasining sozligi, isitish tarmoqlari hamda sinf xonalarida issiqlik me’yorini saqlash imkoniyatlari baholandi;
O‘quvchilar xavfsizligi:
Qishki mavsumda o‘quv jarayonining uzluksiz va issiq binoda o‘tishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan muloqot qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ko‘mir zaxirasidan samarali foydalanish yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi. Masala deputat nazoratida.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati