Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. SHerov tomonidan Qazoqon mahallasida aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida muhim masala ko‘tarildi.
🌏Mahallada fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularga davlat va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, aholi muammolarini o‘rganish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda ma’muriy binoning ahamiyati katta.
🌏Shu munosabat bilan deputat O. SHerov tomonidan Qazoqon mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan ma’muriy bino qurish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan tuman hokimi J. Xudoyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🌏Deputatlik so‘rovida mahalla aholisi uchun munosib sharoit yaratish, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida mazkur masalani amaliy jihatdan hal etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
🌏Ushbu tashabbus deputatning saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish borasidagi faoliyatining amaliy ifodasidir.
🌏Deputatlik so‘rovining ijrosi va Qazoqon mahallasi uchun ma’muriy bino qurilishi masalasining hal etilishi deputatlik nazoratiga olinadi.