Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisi, deputati Yusupov Ravshan Abilovich “Shayx Shibliy” mahallasi raisi bilan birgalikda hududdagi bolalar maydonchasi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎O‘rganish davomida bolalar maydonchasining umumiy holati, mavjud infratuzilma, o‘yin qurilmalarining holati hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📝Shuningdek, maydonchani obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar uchun yanada qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
🤝Aniqlangan muammo va takliflar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!