KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev, Y.Berdiyarov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Yangi davr mahallasida Kambag‘allik reestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida reestrdagi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda mavjud muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.