Boysun tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
✅ Boysun tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibidan joriy yilning 2 sentabr kuni Senat markazi tomonidan berilgan topshiriqlar yuzasidan viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan belgilangan vazifalar hamda tuman Kengashi tomonidan hafta davomida amalga oshirilayotgan ish rejasidagi vazifalar o‘rin oldi.
✅ Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha berilgan tavsiyalardan kelib chiqib, deputatlarning o‘zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazishi, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishi, 162 ta eng muhim qonunlar ijrosini o‘rganishi, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini o‘rganishi kabi masalalar muhokama qilindi.
✅ Yig‘ilishda, shuningdek, Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy asoslari to‘g‘ri va qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
✅ Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.