Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpo'latov hamda tuman deputati G.Suvonqulova Birlashgan mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.