35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xususan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘amuradov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining PF-116-sonli Farmonda belgilangan asosiy vazifalari ijrosini o‘rgandi.

🔎 O‘rganishda 14 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratildi.

Jumladan:

📌 Xonadonbay o‘rganish — mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud zaxira va imkoniyatlarni aniqlash hamda iqtisodiy rivojlantirish biznes-rejasi ijrosi;

📌 Bandlik — bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, ishsiz va kambag‘al oilalar a’zolarini ish bilan ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

📌 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — kredit, ssuda va subsidiyalardan foydalanish, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi hamda kreditlarning qaytarilishi;

📌 Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash;

📌 “Bir kontur — bir mahsulot” va “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyillari asosida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish;

📌 Mikroloyihalar — kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish;

📌 Bozor va elektron savdo — mahallada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar uchun bozor topishga ko‘maklashish;

📌 Faoliyati sust yoki to‘xtagan korxonalarni qayta ishga tushirish;

📌 Bo‘sh bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish;

📌 Kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash — har bir oila uchun individual dastur ishlab chiqish va daromadlarini oshirish;

📌 Yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

📈 Tahlilning asosiy mezoni — bajarilgan ishlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi. Ya’ni, nechta yangi ish o‘rni yaratilgani, nechta fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgani, nechta kambag‘al oila daromadi oshgani, nechta mikroloyiha ishga tushirilgani hamda ajratilgan kredit va subsidiyalarning samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va natijadorlik ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun tegishli xulosa, taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.