35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
16-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌿 16-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Bayram oldidan hududlarda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abduganiyev Abror xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 16-Do‘stlik saylov okrugi hududlarida mahallalarning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.

🌳 O‘rganish davomida Me’mor mahallasi hududida bayram oldidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🏡 Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, mavjud daraxtlarning tanalari oqlandi, ularga shakl berish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, daraxtlarni muntazam parvarishlash maqsadida sug‘orish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Mazkur tadbirlar hududning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni asrab-avaylash, ko‘p qavatli uylar atrofini yanada obod va ko‘rkam holga keltirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

🤝 O‘rganish jarayonida obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish, yashil hududlarni muntazam parvarishlash va hududlarda tozalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✨ Obod va ko‘rkam mahalla — aholi farovonligi va yaxshi kayfiyatining muhim omilidir!

Slide 1 of 5