✔️Yoshlar maslahat guruhi rahbari Shaxzod Dilshodov va Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Karabayev Ilhom Safarovich bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv davomida hududdagi yoshlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Xususan, ayrim yoshlar ish bilan ta’minlanish va kasb-hunar o‘rganish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy sport maydonchasiga ehtiyoj borligini bildirdilar.
➖Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.