35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
“Bog‘zor” mahallasida hududdagi ishlar va aholi bilan ishlash holati muhokama qilindi

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda R.Mamashukurov “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda mahalla faoli bilan suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat davomida mahallada bugungi kunda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya va tozalik holati, ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar, shuningdek, aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish holati yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Muloqot jarayonida mahalla hududida mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yakunida mahalladagi mavjud holatni yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.