1-BAND IJROSI: YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
✏️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat J.Ochilov tomonidan Bobur mahallasidagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
🛡O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, yoshlarni sport va turli to‘garaklarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🛡Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🛡Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni hal etish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🖥Yoshlar — e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida! 🇺🇿