Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eshmetova Nigora hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabni 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga shayligi, sinfxonalar va sport zallarining holati, obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlari, sanitariya-gigiyena talablari, shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
👨🏫Shuningdek, pedagog xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, o‘quv jihozlarining ta’minlanganligi va maktab infratuzilmasining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.