O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari mahallalardagi mahalla o‘n yettiligi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib bormoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, shuningdek, bugungi bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, aholining vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimiz va istiqlol g‘oyalariga hurmatni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.