Aholi murojaati asosida yo‘l va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlandi
Aholi murojaati asosida yo‘l va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlandi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna tashabbusi bilan A.Temur-42 va G‘alaba-125 manzillarida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.
🔹 Jumladan, yo‘lning nosoz qismlarida yamoq ta’mirlash ishlari bajarildi, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan sug‘orish quvurlari almashtirildi. 🤝 Mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni joyida hal etishga qaratildi.
⚖️ Ushbu yo‘nalishdagi ishlar hududlarni obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshi holatda saqlashga qaratilgan Prezidentning 2024-yil 1-iyuldagi PQ-241-son qarorida belgilangan vazifalarga hamohangdir. Qarorda yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini yaxshi holatda saqlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish belgilangan.
🌿 Deputatlik tashabbusi — aholi murojaatlarining amaliy yechimiga xizmat qiladi.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati