Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Taxiatosh tumani “Keneges” OFY hududida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida ko‘tarilgan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovini yubordi.
🚧 Murojaatda “Keneges” kanali bo‘yidan Jasorat va Sharq yulduzi ko‘chalarigacha, shuningdek, ushbu ko‘chalardan temir yo‘lga qadar bo‘lgan ichki yo‘llarni chig‘anoqtosh (Ракушка) bilan to‘ldirish va tekislash zarurati ko‘rsatib o‘tildi.
🌧 Mazkur yo‘llardan o‘quvchilar, aholi va transport vositalari foydalanadi. Yog‘ingarchilik paytida yo‘llarning loy bo‘lib, harakatlanish uchun noqulay holatga kelishi fuqarolar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.
📄 Shu munosabat bilan deputat tomonidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yuborilib, mazkur masala yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish so‘raldi.
⏳ Deputat so‘rovida masala yuzasidan javobni belgilangan muddatda taqdim etish so‘ralgan.
🤝 Deputatlik so‘rovi — saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammoni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va uning amaliy yechimini izlashning muhim vositasidir.