35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida Shovot tumani Mevazor mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
👤 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich,
🏢 Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
📌 O‘rganish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2