Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada kutib olish hamda ta'lim muassasasida qulay va zamonaviy muhitni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.