Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Israilova tomonidan "Barkamol" MFYda uyma-uy yurish asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy muammolar o‘rganildi. Aniqlangan masalalarning bir qismi joyida hal etildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha yechim talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berildi.
Fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.