35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 DEPUTAT VA IJRO ORGANI VAKILI — HUDUD RIVOJI YO‘LIDA HAMKORLIKDA!

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 14-Yoshlik — Nurtepa saylov okrugi deputati Himmatova Nodira Normamatovna o‘z saylov okrugidagi Nurtepa mahallasida hududda aholi bilan ishlashda muhim o‘rin tutuvchi hokim yordamchisi Ro‘ziqulov Sharif To‘rayevichning faoliyati bilan tanishdi.
🤝 O‘rganish davomida hokim yordamchisining mahalladagi ish faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlari haqida ma’lumotlar olindi.
🏘 Deputat va hokim yordamchisining o‘zaro hamkorligi hududdagi mavjud masalalarni joyida ko‘rib chiqish, aholi manfaatlarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔎 Bunday uchrashuv va o‘rganishlar orqali hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga e’tibor qaratiladi.
👩‍💼 Deputat Himmatova Nodira Normamatovnaning saylov okrugida olib borayotgan faoliyati aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, hududdagi masalalarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli takliflarni ilgari surishga qaratilgan.
🌿 Aholi manfaatlari yo‘lidagi hamkorlik — hudud rivoji va farovonligining muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3