#24_masala (6)
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yaqindan suhbatlashildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari va mavjud muammolarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|