35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahalla yettiligi hamda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov ishtirokida hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida ichki ko‘chalar, jamoat joylari va ijtimoiy soha obyektlari atrofi tartibga keltirilib, hududlar obodonlashtirildi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi hamda sanitariya-tozalash ishlari amalga oshirildi.