35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
Kommunal sohadagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

#doimiy_komissiya_Uchtepa #ekspert_guruhlari

Kommunal sohadagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗂 Yig‘ilishda, avvalo, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarorining ijrosi haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi.

📁 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo‘limi boshlig‘i Abduvoxid Jabborov tomonidan tegishli hisobot taqdim etildi.

📊 Hisobotda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturiga tegishli o'zgartirish kiritish zarurati mavjudligi yuzasidan qo'shimcha hisobotlar taqdim qilindi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

📈 Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5