35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Sheyxon mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bashir mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI

 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Bobajanov tomonidan Shixlar MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:
🔹 Shixlar MFY, Shukrona ko‘chasi hududida yo‘l belgilarining mavjud emasligi sababli transport harakati xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani, ayniqsa bolalarning yo‘ldan o‘tishida qiyinchiliklar kuzatilayotgani hamda og‘ir yuk avtomobillarining mahalla ichki yo‘llaridan harakatlanishi natijasida asfalt qoplamasi shikastlanayotgani;
🔹 Yangi Hayot va Sarchashma ko‘chalari kesishmasidagi elektr havo tarmoqlarini tartibga keltirish;
🔹 Nurli yo‘l ko‘chasidagi yuqori kuchlanishli elektr havo tarmog‘ini zamonaviy SIP kabeliga almashtirish;
🔹 Nurli yo‘l ko‘chasiga 1,2 km asfalt qoplamasi yotqizish hamda ko‘cha bo‘ylab piyodalar yo‘laklarini barpo etish.

✅ Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 5