35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
янв.21
Oqrаbot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Oila — muqaddas va bebaho maskan
янв.21
Muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
🤝 Hamkorlik samarasi: aholi murojaatlari amaliy yechim topmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i Abduraxmonov Rafqat Ilxomovich o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan bir qator ijtimoiy masalalar ijobiy hal etilmoqda.
O‘tkazilgan hamkorlik uchrashuvida O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i N. Xolmuratov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy yechim bilan ta'minlash yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan "Xalqparvar" komissiyasi xulosasi asosida 2025-yil hamda joriy 2026-yillarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun xarid qilingan uy-joylarda istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning ijtimoiy holati va ehtiyojlarini tahlil qilish hamda zarur ko‘mak choralarini belgilash bo‘yicha monitoring ishlari olib borilishi belgilandi.
✅ Aholining murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4