Sessiya kun tartibiga muvofiq, Amudaryo tuman prokurorining:
🔹 “Prokuraturaning qonun ustuvorligini ta’minlash sohasidagi faoliyati yuzasidan” hamda
🔹 “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish to‘g‘risida”gi axborotlari tinglandi.
Axborotda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.