Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, yoʻl infratuzilmasi, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Aniqlangan muammolar tegishli tashkilotlarga koʻrib chiqish va qonuniy hal etish uchun yoʻnaltirildi hamda ularning ijrosini taʼminlash maqsadida deputatlik soʻrovi yuborildi.
Fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va ularning qonuniy yechimini taʼminlash deputat nazoratida.