🌿 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tashabbusi bilan “G‘ambur” mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌱 Tashkil etilgan hasharda mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni tozalash hamda hududni tartibga keltirishga qaratilgan ishlar olib borildi.
🤝 Ushbu ezgu tashabbusda mahalla faollari va aholi vakillari ham faol ishtirok etib, o‘z hududini obod qilish, hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdilar.
✅ Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari aholi uchun qulay va farovon yashash sharoitlarini yaratish, mahallalarda pokizalik hamda obodlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.