35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarni hududlarda sifatli va o‘z vaqtida ijro etish, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari va hisobotlarini tizimli tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

📂 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar qarorlarini namunaviy shaklda yuritish, sessiyalarni belgilangan reglament asosida yuqori saviyada tashkil etish hamda hujjatlar ijrosini monitoring qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Yig‘ilishda deputatlar hududlarga o‘rganishga chiqqan vaqtida foydalanishlari uchun ishlab chiqilgan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyotini joriy etish muhimligi qayd etildi. Mazkur daftar orqali ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ijtimoiy obyektlar holati, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli qayd etib borish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

🔍 Muhokamalar davomida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘makni yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📝 Shuningdek, sessiyalar kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan sessiyadan oldin saylov okruglarida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazish, aniqlangan muammo va takliflarni kotibiyatga taqdim etish tartibini amalda samarali yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, jumladan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” bilan ishlash amaliyotini foto va boshqa dalillar orqali tasdiqlab borish yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bundan tashqari, deputatlarning o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, hududlardagi muammolarni birgalikda hal etish, namunaviy doimiy komissiya qarorlari asosida tizimli faoliyat yuritish hamda kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarga doimiy tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

📊 Yig‘ilish davomida kotibiyat xodimlarining hududlarda olib borayotgan amaliy ishlari ham tahlil qilinib, ularning deputatlar bilan birgalikda saylov okruglariga chiqishi, o‘rganishlarda bevosita ishtirok etishi, bajarilgan ishlarni aniq fakt va dalillar asosida rasmiylashtirib borishi, shuningdek, har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔺 Shu bilan birga, tuman Kengashlarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, e’lon qilinayotgan materiallar soni va sifati, deputatlar faoliyatini yoritish darajasi hamda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar samaradorligi yuzasidan monitoring natijalari tahlil qilindi. Mas’ullarga axborot siyosati samaradorligini oshirish, postlar soni va sifatini ko‘paytirish, deputatlik faoliyatini keng va tezkor yoritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5