Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati U.Shokirov tomonidan “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi.
Tashrif davomida Ne'matullayev ko‘chasi, 20-uyda nabirasi bilan birga yashovchi fuqaro Sattarova Gulasalning turmush sharoiti ko‘zdan kechirildi hamda mavjud muammolari tinglandi.
Fuqaro tomonidan uy-joyi, oshxonasi va hojatxonasini ta'mirlash, sanitariya-texnik jihozlarini o‘rnatish hamda zarur maishiy jihozlar bilan ta'minlash bo‘yicha murojaat bildirildi.
Murojaat yuzasidan tegishli masalalar nazoratga olinib, amaldagi tartibda ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.