35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozordagi narx-navo holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova tashabbusi bilan o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Saidmurod Ismailov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 10-"Chuqursoy" saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etdi. Tadbirda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Ta’kidlanganidek, deputat hisobot davrida Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini samarali hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi.

🗣 Hisobotda qayd etilishicha, 10-"Chuqursoy" saylov okrugiga kiruvchi 11 ta mahallada deputatlik faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Mahalla fuqarolar yig‘inlari binolariga deputat qabuli jadvali hamda murojaatlar uchun aloqa ma’lumotlari joylashtirilgan. Ikkinchi chorak davomida 33 ta sayyor qabul tashkil etilib, ularda 340 nafardan ortiq fuqaro bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Fuqarolardan kelib tushgan 27 ta murojaat va taklif o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

📁 Aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida "Gulzor", "Istiqlol", "Elparvar", "Umid", "Chuqursoy", "Yangi Toshkent", "Paxta", "Moyariq", "Ahil", "Ibrohim ota" va "Gulsaroy" mahallalari aholisiga bepul tibbiy ko‘rik va imtiyozli davolanish yo‘llanmalarini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada 110 nafar bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 90 nafari ambulator davolanish uchun mutaxassislar tavsiyalari asosida nazoratga olindi, 20 nafari esa Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga statsionar davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalar bilan yuborildi.

🔎 Shuningdek, hududdagi mahalla raislari ham Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligini mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

📉 Deputat tomonidan hisobot davrida 4 ta deputatlik so‘rovi tegishli davlat organlariga yuborildi. Jumladan, mahallalarda bahorgi obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlarga agrotexnik ishlov berish, shuningdek "Paxta" MFYdagi Noraztepa ko‘chasida piyodalar yo‘laklarini qurish, yo‘l qoplamasini ta’mirlash, yo‘l belgilari va yoritish tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli takliflar kiritildi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ham deputatlik faoliyati muntazam yoritildi. Xususan, hisobot davrida 3 marotaba ommaviy axborot vositalarida chiqish qilinib, 14 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda aholini qiynayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan maqolalar va axborotlar e’lon qilindi.

🔺 Hisobot davomida 10-"Chuqursoy" saylov okrugidagi 11 ta mahalla "yettiligi" faoliyati ham atroflicha o‘rganilgani, ularning ish samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Shuningdek, Olmazor tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy sport maydonchasi hamda hudud devorlarini yangilash loyihasi ishlab chiqilgani, mazkur tashabbus joriy yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

📋 Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10