Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, shuningdek, Andijon shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli xulosa qabul qilindi.