Ish kuni xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar hamda xatlar bilan ishlashdan boshlandi.
🔹 Kengash faoliyatini ochiq va shaffof yoritish maqsadida rasmiy kanal orqali yangiliklar muntazam e’lon qilinadi.
🔹 Kotibiyat bosh mutaxassislari V. Ro‘ziyev va E. Turayevga biriktirilgan vazifalar bo‘yicha:
* murojaatlarni ko‘rib chiqish;
* mahallalarda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish;
* navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish;
* doimiy komissiyalar hujjatlari, bayonnoma va qaror loyihalarini tayyorlash ishlari tashkil etildi.
🏘 Kun davomida2-saylov okrugidagi Temiryo‘l mahallasi hamda 1-saylov okrugidagi Qo‘shquduq mahallalarida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar o‘rganiladi.