35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati L. Niyozova hamda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov Demas mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar farzandlari holidan xabar olib, ularga o‘quv qurollari hamda kiyim-kechaklarni topshirdi.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati Yo'ldoshev Bahrom Xolto'rayevich tomonidan "Bektepa" mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, ijtimoiy soha, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga doir masalalar muhokama qilindi.

Har bir murojaat mazmunidan kelib chiqib, tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, ularni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga yo‘naltirildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarning fikr va takliflari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda aholining hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, xalq bilan doimiy ochiq muloqot olib borish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda hududlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining eng muhim omilidir.

Slide 1 of 8