Новости

Последние новости

янв.21
Furqat mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tibbiyot birlashmasining markaziy diagnostika va mikrobsizlantirish bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Malikobod mahallasida aholi bandligi o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Gumbaz mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputati M. Muqimova o‘z saylov okrugidagi maktab kutubxonalarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashdi
Komissiya yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni kuchaytirish va “Yoshlar harakati konsepsiyasi”ni ishlab chiqish taklifi ilgari surildi
#yoshlar_tashabbusi #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Komissiya yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni kuchaytirish va “Yoshlar harakati konsepsiyasi”ni ishlab chiqish taklifi ilgari surildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi davomida yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Muhokamalar davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev bugungi kunda yoshlar bilan ishlashda hamkorlik darajasini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

🤝 Qayd etilganidek, yoshlar muammolarini samarali hal etish faqat bitta tashkilot yoki mahalla yettiligi zimmasidagi vazifa emas. Yoshlarni keng qamrab olish, ularning muammolarini o‘rganish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda davlat organlari, mahallalar, ta’lim muassasalari, jamoatchilik institutlari hamda yoshlarning o‘zlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.

📁 Shu nuqtayi nazardan, yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida “Yoshlar harakati konsepsiyasi”ni ishlab chiqish taklifi ilgari surildi.

🔺 Ta’kidlanganidek, mazkur konsepsiyani Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi hamda Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish yoshlarni yanada kengroq qamrab olish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda dolzarb muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

✅ Bildirilgan tashabbus komissiya a’zolari tomonidan ijobiy baholanib, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim takliflardan biri sifatida e’tirof etildi.

🗣Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari- Sarvarxon Irgashev

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1