35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari

🦠 O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, shahar va tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasida davom ettirildi.

📝 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni, "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son hamda 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qarorlari va sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🏢 Dastlab boshqarma boshlig‘i Kudratxodjayeva Malika Baxramovna deputatlarni yaqinda mukammal ta’mirdan chiqarilgan boshqarma binosi bilan tanishtirdi. Tashrif davomida zamonaviy laboratoriyalar, yuqori aniqlikdagi tahlil uskunalari, epidemiologik nazoratda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, raqamli monitoring tizimlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, laboratoriyalarda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, atmosfera havosi va tashqi muhit omillarini zamonaviy usullar asosida tekshirish jarayonlari deputatlarga amaliy tarzda namoyish etildi.

🔍 Shundan so‘ng deputatlar tomonidan tavsiyaviy savolnomada nazarda tutilgan masalalar yuzasidan boshqarma mutasaddilariga qator savollar berildi. Xususan, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, joriy yilning birinchi yarim yilligida berilgan sanitariya-gigiyena xulosalari, ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish obyektlarida o‘tkazilgan ekspertizalar, sanitariya qoidalariga rioya etilishi ustidan olib borilgan nazorat ishlari, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududiy dasturlar, xodimlarning ilmiy salohiyati hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish holati yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

💬 Boshqarma rahbariyati deputatlarning barcha savollariga atroflicha javob berib, mavjud tizim, amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil axborot taqdim etdi. Deputatlar tomonidan esa laboratoriya salohiyatini yanada mustahkamlash, zamonaviy uskunalar sonini oshirish, kadrlar malakasini yuksaltirish, raqamlashtirishni kengaytirish hamda sanitariya nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

⚖️ O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlar o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyasi va sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda ularni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash va jamoat salomatligi tizimi muassasalarida olib borilayotgan o‘rganishlar izchil davom etmoqda. O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10