Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahallasida bo‘ldi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahallasida bo‘ldi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini o‘rganish va yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, "Yoshlar daftari" va "Yoshlar balansi" asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Shuningdek, hududdagi uyushmagan va ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi loyihalar muhokama qilindi.

Muloqot yakunida "Serxarakat" mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va sport tadbirlariga keng jalb etish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi hamda tegishli tavsiyalar berildi.